O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Аxborot xavfsizligiga tahdidlardan himoyalovchi dasturiy ta’minot

2020-03-11 | Xavfsizlik sohasi

Bugungi kunda hech bir soha yo’qki, u axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ayniqsa, Internet tarmog’idan foydalanmagan holda faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa. Bunday zamonaviy, tezkor, qulay imkoniyatning yaxshi jihati bilan birga uning xavfsizlikdan xoli emasligi bilan bog’liq ikkinchi tomoni ham borki, bu o’ziga xos choralarni ko’rishni talab qiladi.

Dastur barcha toifadagi elektron axborot manbaalari, jumladan, internet tarmoqlari, ya’ni global, mintaqaviy yoki shaharlararo tarmoqlarini turli tahdidlardan himoyalash uchun mo’ljallangan.

Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

• asosan tashqi tahdidlar, ya’ni internet hujumlari, xakerlarning dasturga yorib kirishi, turli viruslar yoki boshka tahdidlarning oldini oladi;

• dastur IP-adreslar, URL-manzillarning tashqi tomondan kuzatiladigan hujumlardan himoya qobig’i hisoblanadi;

• dasturni ishga tushirishda ro’yxatdan o’tish ilovasi va admin uchun ish oynasi ko’rinadi;

• administrator yoki operator login-parol orqali dasturni ishga tushiradi;

• ma’lumotlar bazasiga 4 ta tahdid turi bo’yicha ma’lumot kiritish, baza bo’yicha qidiruvni amalga oshirish, voqeliklar tarixini 4 ta tahdid turi bo’yicha ko’rish mumkin;

• foydalanuvchining identifikatsion ma’lumotlarini yaratish, o’zgartirish va o’chirish imkoniyatiga ega.

Dastur barcha toifadagi korxona va tashkilotlarda, shaxsiy kompyuterlarda qo’llanishga mo’ljallangan.

Dasturning ahamiyati shundaki, “Аxborotlashtirish to’g’risida”gi qonunning 20-moddasida qayd etilganidek, axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g’ayriqonuniy munosabatda bo’lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yoxud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishidan muhofaza qilishga qaratilgan. Shuningdek, davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlaydi.

Dastur mualliflari Muxtorov Farrux, Mo’minov Shermuhammad va Asqarova Shaxloga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 07294 raqamli guvohnoma berildi.

Поделиться