O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat bojxona qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildiradi

2020-03-11 | Jamiyat

Joriy yil 10-mart kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Xalq nazorati» va boshqa bir qator guruhlarda “Byudjetni to‘ldirish aholining sog‘ligi evaziga bo‘lishi kerakmi...!?” nomli xabar tarqatildi.

Xabarda Surxondaryo viloyatidagi “Termiz Cargo Centre” logistika terminalidan xorijdan keltirilgan sifatsiz mandarinlar uchun “Davlat sinov va sertifikatlash” agentligining sertifikatlari asosida bojxona to‘lovlari undirilib, ichki bozorga chiqarilayotganligi ma’lum qilingan.

Mazkur xabar yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ushbu logistika markazida zudlik bilan o‘rganish ishlari olib borildi.

“Termiz Cargo Centre” logistika markazining 2-terminali maxsus moslashtirilgan muzlatgichli omborlar bo‘lib, ular bojxona ombori hisoblanmaydi va bunday omborlardan O‘zbekiston tovarlarini saqlashda foydalaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 85-moddasiga binoan, tez buziladigan tovarlarning “vaqtincha saqlash” bojxona rejimida turishining eng ko‘p muddati o‘n kalendar kunni tashkil etadi.

“HASELAT NAWIN” MChJ tomonidan respublikamizga keltirilgan “mandarin” tovarlarini bojxonada rasmiylashtirish qat’iy ravishda sifatini kafolatlovchi sertifikatlar va ruxsatnomalar asosida respublikaga kirib kelgan kunning o‘zida amalga oshirilgan. Bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida mahsulot sifati belgilangan talablarga mos bo‘lgan.

Xususan, joriy yil 11-yanvardan 9-mart kuniga qadar ushbu jamiyat tomonidan jami 14 partiyada “mandarin” tovarlariga belgilangan hujjatlar asosida bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilgan.

Ushbu holatga aniqlik kiritish davomida, “HASELAT NAWIN” MChJ tomonidan keltirilib, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tgan va bojxona ombori hisoblanmagan omborlarda saqlanayotgan 279 tonna mandarinlar mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, xabarga ilova qilingan fotosuratlar o‘rganilganida, mahsulotlar “Termiz Cargo Centre” logistika markazida tasvirga olinmagani ma’lum bo‘ldi.

Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona organlari faoliyatiga doir xolis va haqqoniy xabarlarni e’lon qilishda ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik vakillari bilan o‘zaro hamkorlikka doimo tayyor ekanligini ma’lum qiladi.

Поделиться