O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) O‘zbekistondagi missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-03-11 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasida 2020-yil 10-mart kuni Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “Markaziy Osiyoda savdo jarayonlarini soddalashtirish” mintaqaviy dasturini baholash missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlikda Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekistonda 2017-2019-yillarda “Markaziy Osiyoda savdo jarayonlarini soddalashtirish” mintaqaviy dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Xususan, ushbu dastur doirasida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning quyidagi masalalari ko‘rib chiqildi:

- O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari va savdoni soddalashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishda davlat va xususiy sektor vakillari o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish;

- Savdo-sanaot palatasida tashqi savdo masalalari bo‘yicha Ekspert kengashi faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish;

- tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish masalalarida xususiy sektorning o‘rnini oshirish;

-  Savdo-sanaot palatasida biznes uchun avtomatlashtirilgan tizim va mobil ilovani joriy etish;

- Markaziy Osiyoda savdo, transport va tranzit jarayonlarini soddalashtirish masalalari bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik va o‘zaro tajriba almashinuvini rivojlantirish.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha “Markaziy Osiyoda savdo jarayonlarini soddalashtirish” mintaqaviy dasturi doirasida Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati bilan kelgusidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalri yuzasidan fikr almashildi.

Поделиться