O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda "O‘zbekiston-Niderlandiya" agrobiznes forumi bo‘lib o‘tdi
2020-03-11 | Iqtisodiyot
2020-yilning 10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda SSPning Toshkent shahar xududiy boshqarmasi tomonidan "Hilton Tashkent City" mehmonxonasining “Ball Room” zalida "O‘zbekiston-Niderlandiya" agrobiznes forumini, shuningdek ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan "В2В" formatidagi uchrashuvini tashkil etildi.
Tadbirlarda Niderlandiya Qirolligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, shuningdek chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan 40 dan ortiq kompaniyaning biznes vakillaridan iborat delegassiya ishtirok etdi.
Shuningdek, forumda Savdo-sanoat palatasi Raisining Birinchi o‘rinbosari I.Jasimov hamda Qishloq Xo‘jalik Vaziri o‘z nutqlari bilan ishtirok etishdi.
Ushbu forumdan ko‘zlangan asosiy maqsadi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, chorvachilik va parrandachilik, meva daraxtlari va o‘simliklarni parvarish qilish, issiqxonalar qurish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda investisiya loyihalarini amalga oshirishda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalaridan iborat.
Shuningdek, tadbirda Niderlandiya kompaniyalari vakillari o‘z taqdimotlari bilan, ya'ni faoliyat jarayonlari va issiqxonalar tuzilmasi, bog‘dorchilik va logistika, shuningdek chorvachilik, parrandachilik va savdo-sotiq faoliyati xaqida ishtirokchilarni tanishtirdilar. Ta'kidlab o‘tish joizki, xozirgi kunda O‘zbekistonda 75ta Niderlandiya kompaniyalari o‘z faoliyatlarini yuritib kelmoqdalar.
“В2В” formatida o‘tkazilgan uchrashuv davomida Niderlandiya Qirolligining qishloq xo‘jaligi, xususan, meva-sabzavot, kartoshka yetishtirish va qayta ishlash, innovasion sug‘orish tizimlari, o‘simliklar yetishtirish, issiqxonalar qurish, chorvachilik, otchilik, bog‘dorchilik, parrandachilik va boshqa sohalar bilan shug‘ullanib kelayotgan 40 dan ortiq yirik kompaniyalar ishtirok etdi.
Mart oyida tashqil qilinayotgan Agrobiznes forumlarida ishtirok etayotgann Niderlandiya kompaniyalari, qishloq xo‘jaligi sohasidagi mahsulotlar va xizmat ko‘rsatishda keng doirani qamrab olmoqda.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat ishbilarmonlari savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish va yuqorida ta'kidlab o‘tilgan sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Ochiq muloqot, istiqbolli loyihalar va kelishuvlar ishlab chiqilishga va hamkorlik qilish uchun o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni aniq belgilash qolaversa, O‘zbekiston va Niderlandiya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning samarali shaklini aniqlash imkonini berdi.
Shuningdek, joriy yilning 12-mart kuni Samarqand shahridagi Yoshlar markazida "O‘zbekiston-Niderdandiya" agrobiznes forumi bo‘lib o‘tadi.