O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dunyoga taniqli ekspert O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olishda yordamlashmoqda

2020-03-10 | Sog‘liqni saqlash

Dunyoning taniqli eksperti, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Favorov mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishda yordamlashmoqda.

Mixail Favorov Xalqaro vaktsina instituti bosh direktorining o‘rinbosari sifatida dunyoda turli infektsiyali kasalliklar, jumladan, papilloma virusi, vabo, gripp, pnevmokokk va meningokok kabi qator og‘ir turdagi yuqumli infektsiyalarning oldini olish, profilaktikasi, tashxisi va uni zamonaviy davolash usullarini qo‘llash borasida katta tajirbaga ega taniqli mutaxassis hisoblanadi.

U jahonda emlash dasturlarini samarali taqdim etgan olim sifatida ham taniqli. Shu bois ham yuqumli kasalliklarning og‘irligini baholash bo‘yicha tadqiqotlar, shuningdek, vaktsinatsiyalarning maqsadga muvofiqligi va ta’sirini baholash bo‘yicha litsenziyalangan klinik emlash sinovlari va uni tatbiq etish loyihalarining faol ishtirokchisi sifatida ham faoliyat yuritib keladi.

Mixail Favorov Amerika mikrobiologiya uyushmasi a’zosi, Sog‘liqni saqlash va epidemiologiya bo‘yicha xalqaro ekspert bo‘lib, 40 yillik umrini dunyoning turli hududlarida yuqumli kasalliklarni o‘rganish va oldini olish sohasiga bag‘ishlagan. 100 dan ortiq dolzarb ilmiy ishlarning muallifidir.

U shu kunlarda xalqaro mustaqil ekspert sifatida yurtimizda koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida faoliyat olib borayotgan Sog‘liqni saqlash vazirligidagi shtab mutaxassislari bilan birga, mamlakatimizdagi ushbu sohaga ixtisoslashgan davolash muassasalaridagi tibbiyot xodimlariga ham konsultativ yordam ko‘rsatmoqda.

Поделиться