O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Uchqo‘rg‘onda barpo etiladigan Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy diagnostika markazi 2020-yil oktabr oyida foydalanishga topshiriladi

2020-03-10 | Iqtisodiyot

Namangan viloyati hokimligida Turkiyaning "Kanimed Sağlık Çözümleri A.Ş" kompaniyasi rahbarlari Filiz Erdog‘an Marashliog‘lu va Kamuran Amasyali bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida Uchqo‘rg‘onda barpo etilayotgan zamonaviy diagnostika markazi loyihasining amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlar xususida so‘z bordi.

“7,3 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobidan qurib bitkaziladigan ushbu zamonaviy diagnostika markazi, Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan xalqaro CAP sertifikatiga ega yagona markazga aylanadi”, deb ta’kidladi uchrashuv chog‘ida  Kanimed Sağlık Çözümleri A.Ş kompaniyasi prezidenti Filiz Erdog‘an Marashliog‘lu.

Diagnostika markazida 750 dan ziyod turdagi tahlilni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Viloyat tumanlarida hamda Namangan shahrida ishga tushiriladigan tahlil yig‘ish nuqtalari orqali bir kunning ichida tahlil natijalari aniqlanib, telegram orqali mijozlarga etkazib beriladi.

Kanimed Sağlık Çözümleri A.Ş kompaniyasi tomonidan diagnostika markazida faoliyat olib boradigan mahalliy mutaxassislar uchun Turkiyada malaka oshirish kurslari ham tashkil etiladi.

Uchqo‘rg‘onda barpo etiladigan ushbu diagnostika markazi 2020-yilning oktabr oyida foydalanishga topshiriladi.

Поделиться