O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya shaharlarida “Made in Uzbekistan” milliy ko‘rgazmalari tashkil etiladi

2020-03-10 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, rossiyalik ishbilarmon doira vakillari va aholini mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishtirish maqsadida shu yil aprel-may oylarida Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Irkutsk, Novosibirsk va Yekaterinburg shaharlarida “Made in Uzbekistan” milliy ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Mazkur tadbirlarda mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari vakillari, xususan, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Kompaniya tarkibidagi yetakchi eksportyor korxonalar O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati salohiyatini namoyish etadi. Ayni vaqtda “O‘zbekoziqovqatxolding” tomonidan “Made in Uzbekistan”milliy ko‘rgazmalariga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-dekabrdagi “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston brendlari va mahsulotlarini xorijda targ‘ib qilish maqsadida “Made in Uzbekistan” milliy ko‘rgazmasini har yili tashkil etish belgilangan.

Поделиться