O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Namangan viloyati kardiologiya markazini modernizatsiyasi bo‘yicha Avstriya kompaniyasi bilan 10 million dollarlik shartnoma imzolandi
2020-03-09 | Sog‘liqni saqlash
6-mart kuni Namangan viloyati hokimligida viloyat kardiologiya markazini modernizatsiya qilish bo‘yicha Avstriyaning “AME International GmbH” kompaniyasi bilan 10 million dollarlik shartnoma imzolandi.
Shartnoma viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va “AME International GmbH” kompaniyasi bosh direktori Xayns Messindjer tomonidan imzolandi.
SHartnomaga muvofiq, “AME International GmbH” kompaniyasi tomonidan Avstriyaning UniCredit banki kredit mablag‘lari hisobiga viloyat kardiologiya markazini modernizatsiya qilish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zamonaviy tibbiy jihozlar o‘rnatiladi.