O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2020-yil 5-mart kuni Toshkent shahar hokimligida Bouygues kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-03-09 | Iqtisodiyot

Frantsiyaning “Bouygues” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zaro muloqot davomida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Raxmankulov o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga va poytaxtimizni rivojlantirishda ko‘mak berishga bo‘lgan katta qiziqish uchun mehmonlarga minnatdorlik bildirdi.

Delegatsiya rahbari - “Bouygues” Smart siti bo‘linmasining boshlig‘i Mixail Sushenko do‘stona qabul uchun minnatdorlik bildirib, kompaniyaning Toshkent bilan hamkorlik tajribasi mavjudligini eslatib, “Sheraton” mehmonxonasi qurilishi loyihasi haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng mehmonlar kompaniyaning bir necha yirik loyihalari haqida so‘z yuritdilar. Ashxoboddagi anjumanlar saroyi, Singapurdagi “aqlli” stadion, Parijning shahar yoritilishi va svetoforlarini boshqarish va Dijon shahrining “aqlli boshqaruvi” shular jumlasidandir.

Dijonda shaharning barcha voqea-hodisalari haqidagi tezkor ma’lumot - politsiya tomonidan huquqbuzarliklar, shahar xo‘jaligining holati, transport va ob-havo bilan bog‘liq ehtimolli kutilmagan vaziyatlar haqidagi axborot kelib tushadigan markaz tashkil etilgan. Masalan, kanallarda o‘rnatilgan maxsus qurilmalar suv sathi ko‘tarilayotgani haqida axborot beradi. Vaziyatning tezkor tahlili asosida zaruriyat tug‘ilganda aholini xabardor qilish qarori qabul qilinadi hamda vaziyatdan chiqish choralari belgilanadi.

Kompaniya imkoniyatlarining taqdimi va muloqotdan so‘ng Baxtiyor Raxmankulov mehmonlarga minnatdorlik bildirdi va taqdim qilingan takliflar, loyiha va ishlanmalar poytaxtimiz uchun o‘ta dolzarbligini bildirdi.

Поделиться