O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzsanoatqurilishbank kichik va oʻrta biznes subyektlarining loyihalarini moliyalashtirishni yana-da kengaytiradi

2020-03-09 | Iqtisodiyot

Oʻzsanoatqurilishbank “ICBC Standard Bank PLC” bilan 100 million dollar ekvivalentida kredit liniyasini jalb qilish uchun zayom bitimini imzoladi.

Bitim Oʻzsanoatqurilishbankning kichik va oʻrta biznes subyektlarining loyihalarini milliy valyutada moliyalashtirish imkoniyatlarini yana-da kengaytirish imkonini beradi.
 
Bank axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, “ICBC Standard Bank PLC” kredit liniyasi tadbirkorlik subyektlariga qisqa muddatlarda zamonaviy asbob-uskunalarni xarid qilgan holda, ishlab chiqarishga oid texnologik uskunalarini yangilab, xomashyo bazasini toʻldirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
 
– Oʻzbekiston iqtisodiyoti tez surʼatlarda oʻsib bormoqda, – deydi “ICBC Standard Bank PLC”ning Rossiya va Markaziy Osiyodagi global bozorlar departamenti rahbari Vladimir Guber. – Mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishda biz ham faol ishtirok etmoqdamiz. Oʻzsanoatqurilishbank bilan hamkorligimizdan mamnunmiz. Mazkur munosabatlar yangi moliyaviy mahsulotlar yaratish borasida davom etajak.
 
Taʼkidlash joiz, Oʻzsanoatqurilishbank xalqaro moliya mexanizmlarini integratsiya qilish orqali milliy valyutada, shu jumladan, “ICBC Standard Bank PLC” jalb qilgan kredit liniyalarining mahalliy bozor, ayniqsa, katta imkoniyat va afzalliklari mavjud boʻlgan kichik va oʻrta biznes segmentidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi.
 
Qayd etish kerakki, ICBC Xitoy bank guruhiga kiruvchi “ICBC Standard Bank PLC” Shanxay va Gongkong fond birjalarida listingi mavjud boʻlgan dunyodagi eng yirik moliyaviy guruhlardan biri hisoblanadi. Dunyoning 48 mamlakatida faoliyat yuritadigan ICBC 7 milliondan ziyod korporativ mijozlarga hamda turli sotuv kanallari orqali 600 milliondan ortiq xususiy mijozlarga moliyaviy mahsulot va xizmatlar taqdim etadi.

Поделиться