O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasi Gaagadagi yirik notariuslardan birining ofisiga tashrif buyurdi
2020-03-09 | Siyosat
Niderlandiyaga tashrif davomida adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi o‘zbekistonlik delegatsiya a’zolari joriy yilning 5-mart kuni Gaagadagi yirik notariuslardan birining ofisiga tashrif buyurdi.
Mamlakatimiz delegatsiyasi notarial hatti-harakatlar, elektron hujjat aylanmasi, hujjatlarni saqlash tartibi, malaka oshirish tizimi bilanyaqindan tanishdilar.
Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni hamda Niderlandiyaning ijobiy tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston notariat tizimini takomillashtirish istiqbollarini muhokama qildilar.