O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tokio-2020: Olimpiya o‘yinlarida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda
2020-03-06 | Saylov
Joriy yilning yoz faslida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarining rasmiy marosimlariga kichik bir o‘zgartirish kiritiladi. Ma’lum bo‘lishicha, to‘rt yillikning nufuzli musobaqasining ochilish va yopilish marosimlarida har bir mamlakatdan bittadan erkak va ayol bayroqdor sportchilar bo‘lishi mumkin.
XOQ ijroqo‘mi marosimlar protokoliga ishtirokchilar gender tengligini ta’minlash maqsadida o‘zgartirish kiritishni ma’qulladi. Ushbu o‘zgarish ilk bor Tokio olimpiadasidan boshlab amalda qo‘llaniladi.
Shuningdek, XOQ ijroqo‘mga a’zo 206 mamlakat va qochoqlar termasidan musobaqada kamida 1 nafar erkak va 1 nafar ayol sportchi ishtirok etishini belgilab qo‘ydi.