O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiyaning Primore o‘lkasi bilan hamkorlik aloqalari kengaytiriladi
2020-03-06 | Iqtisodiyot
5-mart transport vazirligida Rossiyaning Primore o‘lkasi hukumati raisi o‘rinbosari Konstantin Shestakov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda transport-logistika aloqalarini rivojlantirish orqali Primore o‘lkasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Tomonlar, xususan, aviaqatnovlar sonini oshirish, O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Primore o‘lkasiga yetkazib berish, temir yo‘l, avtotransport orqali, avia yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, turizm yo‘nalishida ham katta imkoniyatlar mavjud ekanligi alohida qayd etib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik aloqalari yanada kengaytirish va aniq natijalarga erishish maqsadida maxsus ishchi guruhi tuzgan holda birgalikda ishlashga kelishib olindi.