O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Misr kompaniyasi Namangan viloyatida zamonaviy baliqchilik kompleksi barpo etadi
2020-03-06 | Iqtisodiyot
4-mart kuni viloyat hokimligida Misr Arab Respublikasining “Kapo Agri Group” kompaniyasi bilan Norin tumanida 80 gektar maydonda zamonaviy baliqchilik kompleksi barpo etish bo‘yicha investitsion shartnoma imzolandi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va “Kapo Agri Group” kompaniyasi prezidenti Alaa Kamar Gamal tomonidan imzolangan shartnomaga ko‘ra, umumiy qiymati 4 million dollar bo‘lgan ushbu yarim intensiv baliqchilik kompleksi 100 foiz to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladi.
Afrika laqqasi, forel va boshqa baliq turlari etishtirishga ixtisoslashadigan va yillik 1,5 million dollar eksport qilishi rejalashtirilayotgan ushbu korxona, kelgusi yili qurib foydalanishga topshiriladi. Yillik quvvati 1600 tonna baliqni tashkil etadigan kompleksda, 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.