O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Veon” kompaniyalar guruhi bilan xamkorlik

2020-03-06 | Texnologiyalar

5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Vazir Sh.Sadiqovning “Veon” kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sadiqov mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish bozorini yanada rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, xususan, mobil aloqa kompaniyalarining samarali faoliyat olib borishlari uchun yurtimizda har tomonlama keng imkoniyatlar yaratib berilganini ta’kidladi.

Uchrashuv chog‘ida axborot texnologiyalari va eng yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida keng qamrovli hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Поделиться