O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda O’zbekiston-Malayziya savdo palatasi o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi kelishuv imzolandi
2020-03-06 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 5-mart kuni Savdo-sanoat palatasida Malayziya davlatinini O’zbekiston-Malayziya savdo palatasi (MCUU) vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuvda tomonlar Malayziya va O’zbekiston davlatlari o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion rivojlanish ko’rsatkichlarining tobora o’sib borayotganligiga alohida to’xtalib o’tishdi.
SSP raisining birinchi o’rinbosari I.Jasimov o’z nutqida, hozirgi kunda ikki mamlakat o’rtasida tadbirkorlarning to’g’ridan-to’g’ri aloqalarini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar, shuningdek ikki tomonlama tashkil qilingan seminar, forum va “B2B” uchrashuvlar o’zining yuqori natijalarini berayotganligi va shu orqali tovar aylanmasi ko’lami oshganligini alohida ta’kidladi.
O’z navbatida Malayziya delegatsiyasi vakili Raj Durairaj iliq kutib olingani uchun o’z minnatdorchiligini bildirib, tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad O’zbekistonning iqtisodiy sohalariga investitsiyalar kiritish va tadbirkorlar bilan tajriba almashib, hamkorlikni yanada rivojlantirish ekanligini qayd etib o’tdi.
Kelgusida mamlakatlar o’rtasidagi eksport-import salohiyati yanada rivojlanishiga umid bildirdi.
Uchrashuv yakunida O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda O’zbekiston-Malayziya savdo palatasi o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi kelishuv imzolandi.
Ushbu hujjatga muovifiq savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat o'rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirish, O'zbekiston va Malayziya ishbilarmonlari uchun qulay sharoitlar yaratish ko’zda tutilgan.