O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasida huquqiy yordam sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari
2020-03-06 | Siyosat
Joriy yilning 4-mart kuni O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Yevroyust Yevropa mintaqaviy tashkiloti prezidenti Ladislav Xamran bilan ishchi uchrashuvini o‘tkazdi.
L. Xamran O‘zbekistonning vakolatli organlari bilan sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va o‘zaro hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston vakillarini Yevroyustga taklif qilish hamda mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlik masalalari bo‘yicha tadbirlar, treninglar o‘tkazishga tayyorligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi YeI mamlakatlari hamda O‘zbekiston o‘rtasida huquqiy yordam doirasida manfaatli hamkorlik va imkoniyatoarni kengaytirishga xizmat qilishini qayd etdi.
Ma’lumot uchun: Yevroyust — bu 2020-yilda YeIga a’zo mamlakatlarda og‘ir transchegaraviy va uyushgan jinoyatlarga oid ishlar bo‘yicha tergov qilish va ayblov xulosasini taqdim etishda sud hokimiyatining vakolatli muassasalariga ko‘maklashish va ularning faoliyatini takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan Yevropa Ittifoqining organi hisoblanadi. Masalan, terrorizm, odam savdosi, narkotiklar savdosi, firibgarlik va jinoiy yo‘l orqali qo‘lga kiritilgan mablag‘larni qonuniylashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar shular jumlasidandir.