O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
«Boeing» kompaniyasi bilan hamkorlik masallari muhokama etildi
2020-03-05 | Iqtisodiyot
Bugun transport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G‘anyiev «Boeing» kompaniyasi vitse-prezidenti Gregori Lekston bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Gregori Lekston janoblari O‘zbekiston mintaqadagi mamlakatlar orasida aviaparkida Boeing 787 Dreamliner samolyotlari eng ko‘p davlat ekanligini alohida qayd etib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G‘anyiev «Boeing» kompaniyasi bilan o‘zaro ishonchli va samarali hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, bu yo‘nalishda birgalikda ishlash har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini ta’kidladi.