O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Majburiy mehnatga qarshi kurashish hududiy komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish choralari

2020-03-05 | Jamiyat

Respublikamiz bo‘ylab “Majburiy mehnatga qarshi kurashish hududiy komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish choralari” mavzuida seminarlar o‘tkazilyatpi. Mazkur masalalar muhokama qilingan navbatdagi hudud - Surxondaryo viloyati bo‘ldi.

Unda, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari N.Yakubov,O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspektsiyasi bosh davlat mehnat huquq inspektori, Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya mas’ul kotibi G.Niyazmetova hamda Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha Surxondaryo viloyat hududiy komissiya a’zolari tuman, shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari direktorlari va Davlat mehnat huquq inspektorlari ishtirok etdi.

Seminarda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari N.Yakubov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon hamda ushbu farmonga ko‘ra, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi tarkibida hududiy komissiyalar ham tashkil qilingani, ularga viloyat (shahar, tuman) hokimlari raislik qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuvda shuningdek majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish, baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish; ish beruvchilar tomonidan xodimlarni majburiy tarzda obodonlashtirish, qurilish va boshqa sohalardagi mehnatga jalb qilinishining oldini olish choralarini ko‘rish, bu borada doimiy monitoringlar o‘tkazish; majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha aholi o‘rtasida, ayniqsa korxona, muassasa, tashkilotlarda ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish lozimligi aytib o‘tildi.

Поделиться