O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi Inha Universitetida birinchi «Co-Learning Center» ochildi

2020-03-05 | Ta’lim

«Project Managers» kompaniyasi UzCard milliy to‘lov tizimi hamkorligida Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalarini bepul o‘qitish maqsadida, O‘zbekistonda birinchi «Co-Learning Center» o‘quv markazi tashkil etdi.

Kelgusida bunday o‘quv markazlar boshqa universitetlarda ham ochilishi kutilmoqda, ayni kunlarda TATUda markaz ochilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Markaz iqtidorli talabalarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitishga yo‘naltirilgan: Webdeveloping, Mobiledeveloping, 3Dmodelling, Gamedeveloping, 2Ddesign, DigitalMarketing, SyberSecurity. O‘quv jarayoni «Digital Generation Uzbekistan» metodikasi asosida olib boriladi, shuningdek, mahorat darslarini o‘tkazish uchun mahalliy va xorijiy FullStack mutaxassislarini jalb etish rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu loyiha talabalar va yosh malakali kadrlarni izlayotgan kompaniyalarni bir biriga bog‘lab turuvchi vakil vazifasini bajaradi.

Loyihaga ko‘ra, bir yil ichida 400 ga yaqin Junior dasturchi, 100 ga yaqin Middle va 10 gayaqin Senior dasturchilarni tayyorlash maqsad qilingan. «Co-Learning Center» o‘quv markazida faqatgina Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari ta'lim ola oladilar. Kursga yozilish uchun ro‘yxatdan o‘tish lozim, shundan so‘ng nomzodlar suhbatdan o‘tkaziladi hamda shartli topshiriq bajariladi. Natijalar asosida talabalar markazga qabul qilinadi.

Shuningdek, markaz viloyatlarda mini-kurslar, vebinarlar hamda video darsliklar tayyorlashni rejalashtirmoqda. Barcha o‘quv kurslari mutlaqo bepul.

Поделиться