O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
2020-03-05 | Ta’lim
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov va Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuhrat Toxtasimov milliy raqslarni rivojlantirish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Kelishuv doirasida xalq taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida milliy raqslar targʻiboti oʻtkazilib, toʻgaraklar tashkil etadi.
Maʼlumki, akademiyada milliy raqslar boʻyicha taʼlim beruvchi xoreograf-oʻqituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari faoliyat yuritadi. Shuningdek, akademiyada milliy raqslarga qiziqishi boʻlgan iqtidorli oʻquvchilarni saralash boʻyicha maxsus guruhlar tashkil etilgan.
Tomonlar oʻquvchi yoshlarning xoreografiya va milliy raqslarga boʻlgan qiziqishini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Shu bilan birga, boshqa qoʻshma tadbirlarni oʻtkazib, oʻzaro munosabatlar va hamkorlikni rivojlantiradi.