O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yogʼochni qayta ishlash uchun yongʼindan himoyalovchi tarkib yaratildi

2020-03-05 | Fan

Dastlab suv yongʼinni oʼchiruvchi asosiy vosita sanalgan. Keyinchalik esa yildan yilga yongʼindan himoyalanish malaka va texnikasi ham takomillashib bordi. Аyniqsa, jahonda sanoat, iqtisodiyot tobora rivoj topishi, yirik shaharlar shakllanishi va ulkan qurilishlar davomida olovni jilovlash, undan muhofazalanish va xavfsizlik masalalarini ta’minlash bo’yicha alohida izlanishlar olib borildi.

Oddiygina eʼtiborsizlik ortidan kelib chiqqan yongʼin natijasida insoniyat uchun juda ulkan moddiy va maʼnaviy zarar yetkaziladi, odamlar turli koʼrinishdagi tan jarohati oladi, baʼzan ular hayotdan bevaqt koʼz yumadi.

Soʼnggi vaqtlarda sodir boʼlayotgan yongʼinlar tahlili shuni koʼrsatmoqdaki, umumiy yongʼinlarning 70 foizi aholi xonadonlarida roʼy bergan. Mazkur yongʼinlarga asosan fuqarolarning yongʼin xavfsizligi tartib-qoidalariga befarq munosabatda boʼlayotgani sabab boʼladi.

Yogʼochni qayta ishlash uchun vosita ortofosfor kislotasi, magniy oksidi, ammofos, bura va suvni boʼlgan yongʼindan himoyalovchi tarkibdan iborat.

Ixtiro boshqa analoglardan shu bilan farqlanadiki, bunda u qoʼshimcha ravishda urotropin va melaminni komponentlarning, massa foizi hisobidagi quyidagi nisbatda: ortofosfor kislotasi – 5-10; magniy oksidi – 3-10; ammofos – 15-30; bura – 2-8; urotropin – 1,5-5; melamin – 2-8 va suvdan tashkil topgan.

Yongʼindan himoyalovchi tarkib yong’in natijasida og’ir vaziyatlar yuzaga kelishi, yongʼin kelib chiqishi va tez tarqalishi oldini oladi, inson xavfsizligi va mol-mulkining saqlanishiga xizmat qiladi.

Ixtiro uchun Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʼin xavfsizligi oliy texnik maktabiga “Ixtirolаr, foydаli modellаr vа sаnoаt nаmunаlаri toʼgʼrisidа”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra IAP 06100 raqamli patent berildi.

Поделиться