O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahongir Artikxodjayev Gollandiyaning “Ballast Nedam” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

2020-03-05 | Iqtisodiyot

Uchrashuvda “Ballast Nedam” kompaniyasi bilan ijtimoiy va infratuzilmaga oid loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalasi muhokama etildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, “Ballast Nedam” kompaniyasi 1877-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qurilish sohasida 140 yillik tajribaga ega. Kompaniya aeroportlar, shifoxonalar, suv ta’minoti, energetika va issiqlik tizimi, og‘ir va yengil sanoat, shuningdek, yo‘llar, yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklar qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi.

Ayni payda “Ballast Nedam” kompaniyasi Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan yo‘llar, estakadalar va yer osti yo‘llariga oid loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.

O‘zaro muloqot davomida tomonlar hamkorlik masalasini tegishli mutaxassislar bilan atroflicha ko‘rib chiqishga kelishdilar.

Поделиться