O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gaaga shahrida O‘zbekiston va Niderlandiya hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasi masalalari muhokama qilindi

2020-03-05 | Siyosat

2020-yilning 4-mart kuni Gaaga shahrida O‘zbekiston – Niderlandiya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy bazasi bo‘yicha Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Niderlandiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligi Shartnomalar boshqarmasi boshlig‘i Jyul Van Eyndxoven va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq departamenti direktori Mirvohid Azimov boshchiligidagi delegatsiyalar turli sohalardagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi holatini va uni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

Ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan bitimlarning huquqiy holatiga aniqlik kiritildi. Investitsiyalarni himoya qilish va rag‘batlantirish, ikki tomonlama soliqqa tortishdan qochish, bojxona ishlarida, avtomobillarda tashuvlar, aviaqatnovlarda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimlar kabi bazaviy hujjatlarning amalda ekanligi qayd etildi.

Maslahatlashuvlar chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasi Niderlandiya tomonining shartnomalar elektron bazasini yaratish va uni boshqarish, depozitariy vazifasini bajarish borasidagi tajribasi hamda bitimlarning loyihalarini idoralararo kelishish va ularni keyinchalik amalga oshirish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligining depozitar xonasiga tashrif buyurishdi. U yerda qirollik shartnomalari va kelishuvlaridan tashqari, Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasining barcha konvensiyalari ham saqlanadi.

Поделиться