O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Qo'qon – Andijon – Qo'qon": Yangilangan variantdagi elektrichka yo'lga qo'yildi

2020-03-05 | Jamiyat

Kuni kecha Qo'qon temir yo'l vokzalidan “Qo'qon – Andijon – Qo'qon” yo'nalishida zamon talablariga to'liq javob beradigan, yo'lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega elektrichkaning shaharlararo qatnovi yo'lga qo'yildi.

10 millionga yaqin aholiga ega Farg'ona vodiysida yo'lovchilar uchun shaharlararo qulay transport tizimini shakllantirishga katta ehtiyoj bor. Shu bois “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan vodiy viloyatlarini temir yo'l orqali bir-biriga bog'lash hamda xalqimiz uchun xavfsiz va qulay transport tizimini yaratishga katta ahamiyat qaratilmoqda. 

Endilikda “Qo'qon – Marg'ilon – Andijon” yo'nalishi bo'yicha har kuni ikkitadan elektropoezd yo'lovchilarga xizmat ko'rsatadi. Ushbu yo'nalish Andijon va Farg'ona viloyati aholisi uchun xavfsiz va arzon transport turi sifatida katta qulaylik bo'ldi. 

Yangilangan variantdagi zamonaviy va qulay elektrichkada yo'lovchilar uchun barcha sharoitlar mavjud. Vagonlarda qishda issiq, yozda salqin harorat ta'minlanadi. Yo'lovchilar vagondagi yumshoq o'rindiqlardan joy olib, o'rnatilgan monitorlarda manzilga yetgunga qadar kontsert dasturlarini tomosha qilib, yangiliklardan ham xabardor bo'ladi.

Ertalabki soat 06:22da Qo'qon vokzalidan chiqqan poezd soat 9:03da Andijon vokzaliga yetib keladi. Masofaning umumiy uzunligi 136 kilometrni tashkil etib, elektrichka bu yo'lni 2 soat 45 daqiqada bosib o'tadi. Andijondan shu poezd 10:10da jo'nab Qo'qon shahriga soat 12:57da qaytadi. Soat 14:50da poezd yana shu yo'nalish bo'yicha orqaga qaytib Andijonga 17:55 da kirib boradi. Bir kunlik so'ngi reys 20:55 da Qo'qon shahriga yo'lovchi poezdining kirib borishi bilan yakunlanadi. 

Elektrichka o'z yo'lida 9 ta vokzalda to'xtab o'tadi. Muhimi chiptalar hamyonbop. Masalan, Qo'qondan Oltiariqqa qadar – 3000 so'm, Quva va Marg'ilongacha – 5000 so'm, Qo'qondan Andijongacha esa – 7000 so'mni tashkil etadi.

Ta'kidlab o'tish lozimki, “Qo'qon – Marg'ilon – Andijon” yo'nalishi uchun qatnovga qo'yilgan elektrichkalar ham tarmoq tasarrufidagi vagon depolarida qayta ta'mirlanib, yo'lovchilar uchun ham xavfsiz, ham qulay va sifatli ko'rinishga keltirildi. Ayni paytda “Toshkent – Ho'jakent –Toshkent” hamda “Toshkent – Guliston – Toshkent” yo'nalishida harakatlanadigan elektrichkalar ham sifatli ta'mirlash jarayonidan o'tkazilmoqda.

Поделиться