O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijtimoiy loyihalarga begʻaraz koʻmak

2020-03-05 | Iqtisodiyot

Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida Yaponiya hukumatining begʻaraz yordam dasturi doirasida grant shartnomalarini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Yaponiya hukumati Oʻzbekiston bilan aloqalarni strategik sheriklik tamoyillari asosida rivojlantirib kelmoqda, – dedi Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fudjiyama. – Mazkur tadbir ham ushbu strategik sheriklik doirasida boʻlib oʻtmoqda.

Yaponiya hukumati 1995-yildan buyon mazkur dastur doirasida mamlakatimiz tibbiyot va taʼlim muassasalari, mahalliy hokimiyat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga begʻaraz yordam koʻrsatib keladi. Mazkur dastur doirasida hozirgacha umumiy qiymati qariyb 28 million dollar miqdorida 391 ta loyiha amaliyotga joriy qilindi.
Marosimda ijtimoiy yoʻnalishlarda umumiy qiymati 681 ming dollarlik 9 ta, jumladan, tibbiyot yoʻnalishida 5 ta, maktabgacha taʼlim yoʻnalishida 3 ta, madaniyat yoʻnalishida bitta loyiha boʻyicha grant shartnomasi imzolandi.

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy perinatal markazi, endokrinologiya dispanseri, Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazining Xorazm va Jizzax filiallari, Surxondaryo viloyati ikkinchi hududiy perinatal markazini tibbiy jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Termez shahridagi 17- va 21-maktabgacha taʼlim muassasalari, Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi 4-oʻrta maktab ham zamonaviy oʻquv jihozlari bilan taʼminlanadigan boʻldi.

Yaponiya hukumati mamlakatimizga madaniyat yoʻnalishida ham begʻaraz yordam koʻrsatib kelmoqda. Imzolangan hujjatlardan biri Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida yapon tilini oʻrganish uchun foydalaniladigan texnikalarni yaxshilashni nazarda tutadi.

Hujjatlarni imzolash marosimida qayd etilgan ijtimoiy muassasalar vakillari ham ishtirok etdi. Ular Yaponiyaning begʻaraz yordam dasturi doirasidagi loyihalar mamlakatlarimizning oʻzaro yaqin doʻstona munosabatlarini yana-da mustahkamlashga xizmat qilishini alohida taʼkidladi.
 

S.RAHIMOV, OʻzA

Поделиться