O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiyaning Primorye o‘lkasi delegatsiyasi Toshkentga keladi
2020-03-04 | Iqtisodiyot
2020-yilning 4-7-mart kunlari Rossiyaning Primorye o‘lkasi Hukumati raisi o‘rinbosari Konstantin Shestakov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyuradi.
Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, tashrif dasturida Investitsiya va tashqi savdo vazirligida, Transport vazirligida, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi va O‘zbekistondagi xususiy biznes vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistondan meva va sabzavotlarni Primorye o‘lkasiga yetkazib berish, ulgurji va chakana savdo tarmoqlari hamkorligi, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadida transport-logistika sohasidagi hamkorlikka doir masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.