O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«WEBDOC» elektron hujjatlar almashuvini va biznes-jarayonlarni boshqarish dasturi

2020-03-04 | Texnologiyalar

Boshqaruvning turli sohalarida avtomatlashtirilgan axborot tarmoqlarini yaratish ayni kunda mavjud axborotlashtirish muammolarini hal etish yoʼllaridan hisoblanadi. Bu borada axborot markazlariga tushayotgan maʼlumotlardan ratsional foydalanishni taʼminlovchi boʼlinmalararo lokal tarmoqlarning mavjudligi muhim ahamiyatga ega.

Bunday tarmoqlarning ishlashi turli xizmatlar, shuningdek boʼlinmalarning rahbarlari va xodimlari oʼrtasida qogʼozsiz hujjatlar almashinuvi jarayonlarini tashkil etib, avtomatlashtirilgan ish joylaridan unumli foydalanishga imkon yaratadi. Huquqni muhofaza qilish faoliyatida axborot taʼminotini jadallashtirish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishning amaliy koʼnikmalarini puxta egallagan kadrlarni tayyorlash talab etiladi. Yuksak axborot madaniyati esa faqat maxsus bilimlarni oʼzlashtirish orqali taʼminlanadi.

Dastur kompaniya xodimlari uchun kiruvchi xat-xabarlarni yaratish, saqlash, qayta ishlash va tarqatish, shuningdek ichki hujjatlar (raportlar, talabnomalar, xatlar va boshqalar) almashuvini avtomatlashtirish uchun moʼljallangan. Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

• foydalanuvchi nomlari/parollari asosida tizim foydalanuvchilari tomonidan xavfsiz foydalanish;

• tizim foydalanuvchilari haqida maʼlumotlarni toʼliq va batafsil saqlash;

• tizimga kirish uchun parol va loginlarning xavfsizligi siyosati;

• foydalanuvchilarning RBACga erkin kirish rollari asosida tizimda ishlashi;

• xodimlar uchun uskunalar – foydalanuvchilarni boʼlimlar kesimida koʼrish;

• elektron hujjat yaratish;

• hujjatlarni bir nechta foydalanuvchilarga yuborish;

• keyingi qabul qiluvchilar koʼrsatmasi va hujjatlarni teglash;

• birlamchi hujjatlarning ichki korporativ hujjat almashuvi;

• ID boʼyicha hujjatlarni qidirish.

Dastur idoraviy ish yuritish, hujjatlar almashinuvini tashkil etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish, yangi innovatsion usullar va texnologiyalarni joriy etish, axborot xavfsizligini taʼminlash orqali ijro intizomini mustahkamlashga erishishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Dastur muallifi Mamatkulov Donyorga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 07106 raqamli patent berildi.

Поделиться