O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-03-04 | Iqtisodiyot

3-mart kuni Transport vazirligida Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Vibke Shloeymer boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruviga xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan konsultativ maslahatlar berish masalalari muhokama etildi.

Dastavval transport vaziri Elyor G‘aniyev Vibke Shloeymer xonimni so‘nggi yillarda O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda 2020 yilga belgilangan rejalar bilan tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, aeroportlar ish faoliyatini takomillashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablari darajasiga yetkazish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Muzokaralarda O‘zbekistonda davlat xususiy-sherikchlik asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan investitsion loyihalarni amalga oshirishda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Поделиться