O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro huquq bo‘yicha Gaaga konferentsiyasining Umumiy masalalar va siyosat kengashi yig‘ilishida ishtirok etmoqda

2020-03-04 | Siyosat

O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferentsiyasining Umumiy masalalar va siyosat kengashi (HCCH) yig‘ilishida ishtirok etish uchun hozirda Niderlandiyada bo‘lib turibdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad - O‘zbekistonning Gaaga konferentsiyasiga qo‘shilish jarayonlarini yakunlashdir. Bu mamlakatimizning xalqaro oilaviy va xususiy huquq me’yorlarini unifikatsiya qilish tartiblarida ishtirok etish, huquqiy tizimni dunyo standartlariga muvofiq yanada rivojlantirish, xorijda davlatimiz fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Joriy yilgi 3-mart kuni O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro huquq bo‘yicha Gaaga konferentsiyasining Umumiy masalalar va siyosat kengashining ochilish masjlisida ishtirok etdi.

Shuningdek, Gaagadagi «Nyusport» xalqaro matbuot markaziga tashrif uyushtirish va adliya vaziri R. Davletovning «Frank Creations» portaliga intervyu berishi ham rejalashtirilgan. Unda Niderlandiyaga uyushtirilgan tashrif maqsadlari, NSSN Ustavining tan olinish vositasining topshirilishiga urg‘u beriladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda sud-huquq va yuridik sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, bo‘lajak «Tashkent Law Spring» II xalqaro yuridik forumi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, ish kuni dasturidan mamlakatimiz delegatsiyasining Rivojlanish huquqi bo‘yicha xalqaro tashkilot (IDLO) ofisi rahbari, dasturlar va strategik tashabbuslarni ishlab chiqish direktori Ervin van der Bart hamda maslahatchi Artur van Bayntenen bilan uchrashuvi, Gaagadagi notarius ofisiga tashrif buyurishi ham o‘rin olgan.

Delegatsiya tashrifi Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori ofisi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun: HCCH — 1893 yilda tashkil etilgan nohukumat tashkilot. Uning maqsadi - xalqaro xususiy huquq me’yorlarini muntazam unifikatsiya qilishga ko‘maklashishdir. Hozirgi kunda duyondagi 82 ta davlat, Yevropa ittifoqi mamlakatlari ushbu tashkilot a’zosi hisoblanadilar.

Поделиться