O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro moliya korporatsiyasining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-03-04 | Iqtisodiyot

Joriy yil 3-mart kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Xalqaro moliya korporatsiyasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori V.Shlemer bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mavjud investitsiya portfelini amalga oshirish sur’atlari bilan bir qatorda energetika sohasidagi yirik loyihalar bo‘yicha tenderlarni o‘tkazishda yaqindan maslaxat ko‘magini ham nazarda tutgan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Avtomobil va temir yo‘l kommunikatsiyalari sohasidagi infratuzilma loyihalari doirasida XMK mutaxassislarini investorlarni tanlash jarayoniga jalb qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, sanoat asbob-uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha maxsus zonani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Mazkur choralar bunday turdagi  ta’mirlash ishlarini chet elda qildistirgandan ko‘ra sezilarli darajada xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi va kelajakda mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlanishi uchun zamin yaratadi.

Tomonlar "O‘zbekiston: yangi ko‘nikmalar - xususiy sektor uchun yangi imkoniyatlar" sarmoyadorlar forumi doirasidagi hamkorlik formatini alohida muhokama qildilar.

XMK rahbariyati yangi qilingan loyihalarni batafsil o‘rganish va ishlarni boshlash uchun tegishli ekspert guruhlarini yuborish orqali hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Поделиться