O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Savdo-sanoat palatasida "Tadbirkorlik faoliyatini valyuta tebranishlaridan himoya qilish" mavzusida biznes-taqdimot o'tkaziladi
2020-03-03 | Iqtisodiyot
2020-yil 10-mart soat 15:00 da Savdo-sanoat palatasi binosida O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O'zbekiston Respublikasining Qozog'iston Respublikasidagi elchixonasi ko'magida hamda "Consult Engineering Group Limited" xususiy kompaniyasi bilan hamkorlikda "Tadbirkorlik faoliyatini valyuta tebranishlaridan himoya qilish" mavzusida biznes taqdimot o'tkaziladi.
Tadbir dasturi:
15.00 - Tashkilotchilar tomonidan ochilish marosimiga bag'ishlangan nutq.
15.10 - Azamat Maybalaevning"O'zbekiston tadbirkorlari uchun moliyaviy xizmatlar, o'sish uchun yangi imkoniyatlar" mavzusidagi taqdimoti:
15.40 - Artem Lukashinning: "Biznesni valyuta tebranishlaridan himoya qilish mavzusidagi taqdimoti
16.10 - savol-javoblar o'tkazsh;
16.30 - viktorinalarva sovrinli o'yinlar:
16.40 - tashrif buyuruvchilar va tashkilotchilar o'rtasida o'zaro suhbat.
Tadbir ma'ruzachilari:
Maybalaev Azamat - Consult Engineering Group Limited direktori. Biznes va loyiha menejeri sifatida 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega. Marketing va biznesni tashkil qilish bo'yicha mutaxassis.
Lukashin Artem - Lighthouse Group Limited direktori. Xususiy kapital bo'yicha moliya bozori mutaxassisi. Investitsiya, vositachilik, dilerlik sohasida 13 yillik tajribaga ega.
Tadbirda ishtirok etish istagida bo'lganlar quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin: +7 707 945 6327 Айнур (whatsapp) +7 7172 642 344