O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sayohat barcha uchun: Imkoniyati cheklangan kishilarning O‘zbekiston bo‘ylab sayohatiga hissa qo‘shing!

2020-03-03 | Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun O‘zbekiston bo‘ylab sayohat tashkil qilishga yo‘naltirilgan "Sayohat barcha uchun!" xayriya loyihasi davom ettirilmoqda. Xususan, 2020-yilning mart oyida "Navro‘z" umumxalq bayrami arafasida imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun navbatdagi sayohatni tashkil etish rejalashtirilgan.

Barchangizni ezgu niyatlar bilan amalga oshirilayotgan mazkur loyihani davom ettirishda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Buning uchun smartfoningizdagi "Pay me" ilovasi orqali "Sayohat barcha uchun!" xayriya raqamiga yoki quyidagi maxsus hisob raqamiga istagan miqdordagi mablag‘ni o‘tkazing va yurtdoshlarimiz tabassumiga sababchi bo‘ling!

X/r 2021 2000 1051 6252 2002 MFO: 00444, INN: 207 310 102, OPERU IAKB "Ipak yuli" banki.

Imkoniyati cheklangan kishilarning O‘zbekiston bo‘ylab sayohati Telegram (@sayohat_barcha_uchun) kanali hamda mahalliy telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib boriladi. Hisob raqamiga kelib tushgan barcha mablag‘lar sayohat loyihasiga yo‘naltiriladi, sarf qilingan mablag‘lar hisobot tariqasida e’lon qilib boriladi.

Ushbu aktsiyada qatnashish istagida bo‘lgan ko‘ngillilar quyidagi telefon raqami orqali bizga murojaat qilishlari mumkin: + 90 900 53 67, +99 851 92 08

Поделиться