O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TRASEKA loyihasi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi

2020-03-03 | Iqtisodiyot

2-mart kuni transport vaziri Elyor G‘anyiev TRASEKA Bosh kotibi Aset Asavbayevni qabul qildi. Uchrashuvda TRASEKA yo'lagi ish faoliyatini qayta jonlantirish masalalari muhokama etildi. Xususan, ushbu transport yo’lagining raqobatbardoshligi va jozibadorligini oshirishga qaratilgan loyihalar xususida so‘z bordi.

Transport vaziri Elyor G‘aniyev mazkur transport yo'lagi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilgan yillarda yuk tashuvlar hajmi yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etganini alohida ta’kidlab o‘tdi.  Bugungi kunda Baku-Tbilisi-Qars temir yo‘li salohiyatidan unumli foydalangan holda TRASEKA transport yo'lagi faoliyatini qayta jonlantirish uchun yaxshi imkoniyat mavjud ekanligi aytib o‘tdi. 

O‘z navbatida TRASEKA Bosh kotibi Aset Asavbayev uchrashuvda TRASEKA transport yo'lagini raqamlashtirish,  tashuvlar xavfsizligini ta’minlash,  chegaralarni kesib o‘tish tartibini takomillashtirish,  logistika markazlari va portlarning ishlashini optimallashtirish,  shuningdek,  temir yo‘l transportida chegaralarni kesib o‘tish tartibini boshqarishning yaxlit tizimidan foydalanish kabi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilayotgani haqida axborot berdi.

Uchrashuv yakunida transport vaziri Elyor G‘anyiev O‘zbekiston tomoni bu boradagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. 

Поделиться