O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Turkiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

2020-03-03 | Iqtisodiyot

Joriy yil 2-mart kuni investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi M.Surayya Er bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali iqtisodiy hamkorlikning faollashuviga kuchli turtki bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiyaga tashrifi yakunlari va amaliy natijalari muhokama qilindi.

Turk tomoni Respublikamiz Hukumati va shaxsan Davlat rahbari tomonidan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama investitsion va savdo sherikchilik aloqalarini faollashtirishga katta e’tibor qaratilayotgani hamda turkiyalik hamkorlar bilan tuzilgan investitsiya kelishuvlari va savdo shartnomalarini amalga oshirish formati, mexanizmlari va muddatlarini belgilovchi alohida hukumat qarori qabul qilinganligi to‘g‘risida xabardor qilindi.

Har bir loyiha O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi uchun alohida ustuvor ahamiyat kasb etishi va shu munosabat bilan o‘zbek tomoni turkiyalik investorlar va savdo sheriklarning muvaffaqiyatli faoliyati uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish borasida lozim bo‘lgan choralarini ko‘rishi ta’kidlab o‘tildi.

Vazirlik rahbariyati erishilgan kelishuvlarning amalda ijro etilishi  O‘zbekistonning tegishili vazirliklar, idoralar, banklar va kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikda doimiy ravishda nazorat qilib borilishiga ishontirdi.

Uchrashuv yakuni bilan qo‘shma loyihalar va kelishuvlarni jadal amalga oshirishga ko‘mak berish maqsadida yaqin hamkorlik qilish borasida kelishib olindi.

Поделиться