O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Transport vaziri Armaniston elchisini qabul qildi
2020-03-02 | Iqtisodiyot
28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Elyor G‘aniyev Armanistonning O‘zbekistondagi elchisi (qarorgohi Yerevan shahrida) Aram Grigoryanni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalаlari muhokama qilindi.
Har ikki tomon ham hozirda davlatlar o‘rtasidagi yuk tashish va mahsulotlar aylanmasi past darajada ekanligi, ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun esa hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tishdi.
Xususan, xalqaro transport yo‘laklari imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda ikki dalat o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish va yanada rivojlantirish maqsadida ikki davlat o‘rtasida transport sohasidagi bitmlarni qayta ko‘rib chiqishga kelishib oldi.