O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Osiyoda regbi yanada rivojlanadi
2020-03-02 | Sport
28-fevral kuni Moskvada Rossiya regbi Federatsiyasi Oliy Kengashi raisi Igor Artemev va Osiyo regbi Federatsiyasi Prezidenti Shayx Qays Al-Dhalaya o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladi.
Mazkur anglashuv memorandumi Osiyoda regbi sport turini yanada rivojlanishiga qo‘yilgan qadamlardan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek tomonlar uchrashuv davomida markaziy Osiyo mamlakatlari yani O‘zbekiston, Qirg‘iziston hamda Qozog‘istonda alohida turnirlar o‘tkazilishi haqida ham kelishuvga erishishdi.
Tomonlar kadrlar almashinuvi va malaka oshirish kurslari haqida ham suxbatlashishdi. Barcha tashabbus va takliflarimizda bizni qo‘llab-quvvatlaydigan Janob Kaisdan minnatdorman. Yanada samarali hamkorlikka umid qilaman“, — dedi Igor Artemev.
“Moskvada bo‘lganimdan xursandman, uchrashuvga taklif qilganingiz uchun rahmat. Rossiya bilan munosabatlarimiz o‘tgan yilning dekabr oyida Dubayda boshlangan bo‘lib, u yerda “regbi 7“ xalqaro turnirida uchrashdik. Endi navbat Rossiyaga kelishimga to‘g‘ri keldi. Biz juda samarali suhbat qurdik va 2024-yilgacha to‘rt yillik Olimpiya saralash bosqichi uchun ish joylarini muhokama qildik. Barcha sa’y-harakatlarimiz regbi targ‘iboti va butun dunyo bo‘ylab o‘yinimiz imidjini oshirishga qaratilgan bo‘ladi“,-dedi Janob Qais Al-Dhalaya.
Federatsiyalar hamkorlik masalalari muhokamasida Osiyo regbi ijroi qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston regbi Federatsiyasi bosh kotibi Qahramon Jalilov ham ishtirok etdi.