O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH ekspertlari gumanitar hamkorlik sohasidagi ustuvor harakatlar rejasini muhokama qildilar
2020-03-02 | MDH
2020-yilning 27-28-fevral kunlari Minsk shahrida MDH Ijroiya qo‘mitasida MDH ga a’zo davlatlarning 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan gumanitar hamkorlik sohasidagi ustuvor harakatlar rejasi loyihasini kelishib olish uchun ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Rossiya, Belorusiya, Armaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, MDH Parlamentlararo hamkorlik kengashi kotibiyati, "Mir" teleradiokompaniyasi va Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
Mutaxassislar Reja loyihasiga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqdilar va yakuniy hujjat bo‘yicha kelishib oldilar. Unga ko‘ra hujjatdagi "Sog‘liqni saqlash" bo‘limi chiqarib tashlandi va unda ko‘rsatilgan vazifalar "Umumiy gumanitar xarakterdagi tadbirlar" bo‘limiga kiritildi.
Ekspertlar MDH Hukumat rahbarlari kengashining muhokamasiga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik sohasidagi 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan ustuvor tadbirlar rejasini belgilangan tartibda taqdim etishga qaror qildilar.
Eslatib o‘tamiz, hujjat Hamdo‘stlik mamlakatlari gumanitar hamkorlik kengashi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan amaldagi rejaning davomidir.
Reja 8 qismdan iborat bo‘lib, ular umumiy gumanitar xarakterdagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Masalan Xalqaro kitob san’ati tanlovi, MDH tashkil topganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan, Buyuk Vatan urushi, XVI-XVII ijodiy va ilmiy ziyolilar forumlari, "Hamdo‘stlikning madaniy poytaxtlari" davlatlararo dasturi, "Hamdo‘stlik yulduzlari" va "Debatlar hamdo‘stligi" mukofotlaridir.
Undan tashqari madaniyat, ta’lim va fan, kitob nashrlari va poligrafiya, sport va turizm, yoshlar hamkorligi, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar bilan bog‘liq tadbirlardan iborat.
Reja loyihasining qabul qilinishi va amalga oshirilishi keyingi ikki yil ichida MDH ga a’zo davlatlarning gumanitar sohadagi hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.