O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston JST ga kirish bo‘yicha Ishchi guruhining 4-yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

2020-03-02 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirish jarayoni doirasida Tashkilotga a’zo davlatlardan tashkil topgan Ishchi guruhning 4-yig‘ilishini Jeneva shahrida o‘tkazishga faol tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

2019-yil yakunida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov boshchiligidagi JST bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning qarorlariga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi Memorandum va respublikamiz tashqi savdo rejimining turli jabhalarini qamrab oluvchi 12 ta qo‘shimcha hujjatlar tasdiqlanib, JST Kotibiyatiga yuborildi.

Xususan, Tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi Memorandumga qo‘shimcha ravishda ushbu hujjatning 7 ta ilovasi, JST ning bojxona qiymati bo‘yicha kelishuvlarni qo‘llash, savdodagi texnik to‘siqlar, sanitariya va fitosanitariya choralari, intellektual mulk huquqining savdo jihatlari to‘g‘risidagi JST kelishuvlarini qo‘llanishi yuzasidan ma’lumotlar hamda O‘zbekiston milliy qonunchiligini JST qoida va talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi yuborildi.

Bundan tashqari, joriy yil 25-fevral kuni yuqorida eslatib o‘tilgan Ishchi guruhning 4-yig‘ilishini o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Idoralararo komissiya tomonidan ma’qullangan bir qator hujjatlar Jenevadagi JST Kotibiyatiga yuborildi, shu jumladan, JST ga a’zo mamlakatlarning tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi Memorandumiga oid savollariga javoblar; savdoda texnik to‘siqlar to‘g‘risidagi so‘rovnomasiga berilgan sharhlarga javoblar; Memorandumning alohida boblari; importni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar va boshqalar.

O‘rnatilgan amaliyotga muvofiq, kelgusi 4-6 hafta ichida JSTga a’zo davlatlar O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadilar. Ushbu protsedura yakunidan so‘ng, Jenevada O‘zbekiston Respublikasining JSTga kirish bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasining JSTga kirish bo‘yicha Ishchi guruhi uchta yig‘ilish o‘tkazgan: 2002-yil iyul, 2004-yil iyun va 2005-yil oktabr oylarida.

Поделиться