O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Praga Metropolitan universiteti o‘zbekistonlik yoshlar uchun magistratura va doktoranturaga grant ajratadi

2020-03-02 | Ta’lim

Joriy yilning 28-fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimkulov Praga Metropolitan universiteti prorektori Yaroslav Galik bilan uchrashuv -o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Chexiya davlatlari o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. 

Shuningdek, Praga universiteti tomonidan o‘zbekistonlik yoshlarga magistratura va doktoranturaga grantlar ajratish bo‘yicha ham kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuvga binoan, ajratiladigan grantlar uchun nomzodlar O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan tanlov asosida saralanishi belgilandi.

Поделиться