O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniya Hukumatining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili bilan uchrashuv to‘g‘risida

2020-03-02 | Siyosat

2020-yilning 28-fevral kuni Doha shahrida (Qatar) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasi Hukumatining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Markus Potsel bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Germaniyaning Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishdagi sa’y-harakatlari va ushbu mamlakatda tinch siyosiy jarayonni tezroq boshlash masalalari muhokama qilindi.

Germaniya Maxsus vakili O‘zbekiston rahbarining Afg‘oniston inqirozini tezroq hal etish, Afg‘onistonda turli iqtisodiy loyihalarni tadbiq etishga amaliy yordam berish borasidagi qadamlarini yuqori baholadi.

Germaniya diplomati 2018-yil mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha Xalqaro konferensiyaning ahamiyatini yana bir bor ta’kidladi, ushbu tadbir Afg‘onistonda tinchlik muzokaralarini tezroq boshlash masalasida jahon hamjamiyati sa’y-harakatlarining sezilarli darajada faollashishiga olib keldi. Uning fikriga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston bu masalada muhim rollardan birini o‘ynaydi, afg‘on xalqi orasida yuqori mavqega egaligi va qo‘shni Afg‘onistonga nisbatan olib borayotgan do‘stona siyosati bunga zamin yaratdi.

Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha O‘zbekiston va Germaniya harakatlarini bundan keyin ham muvofiqlashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Поделиться