O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi

2020-02-28 | Siyosat

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli Ma’naviyat va ma’rifat markazini borib ko‘rdi.

Bu markaz binosi 1980-yilda qurilgan. Hozirda unda Qurolli Kuchlar ansambli, Markaziy harbiy orkestr, “Turon” davlat harbiy teatri, bichish-tikish korxonasi va bolalar to‘garaklari joylashgan. Lekin imkoniyatlardan to‘la foydalanilmayotgan edi.

Prezident markaz binosini rekonstruktsiya qilib, undan maqsadli foydalanish, davlat-xususiy sheriklik asosida ko‘ngilochar maskan tashkil etish zarurligini ta’kidladi. 

Bu yerda kontsertlar, bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Atrof obodonlashtirilib, tadbirkorlar ishtirokida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etiladi.

Davlatimiz rahbari shu yerdagi Aviasozlar sport majmuasini ham kirib ko‘rdi. Uning hududini obodonlashtirish, sportsevarlarga qulayliklarni oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Поделиться