O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi
2020-02-28 | Ta’lim
Vazir, uchrashuv chog‘ida, vazirlik tashkil etilgan yillar davomida erishilgan natijalar va Maktabgacha ta’lim vazirligining 2017-2020-yillardagi xalqaro hamkorligi haqida so‘zlab berdi hamda Buyuk Britaniyaning ushbu sohadagi tajribasini yuqori baholadi.
Janob Torlot mamlakatda maktabgacha ta’limni rivojlantirishdagi davlat siyosatini yuqori baholab, O‘zbekistondagi Britaniya kengashi bilan hamkorlikda ushbu sohani rivojlantirishga, shu jumladan, Britaniya xususiy investorlarini jalb qilish, maktabgacha ta’lim sohasida IT-echimlarni ishlab chiqishda maslahatlar berish bo‘yicha har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
Agrippina Shin tashabbuslar uchun minnatdorlik bildirib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni boshlashni taklif etdi:
- masofaviy o‘qitish yo‘li bilan raqamli pedagogikani joriy qilish va ta’lim mediamahsulotlarini ishlab chiqish;
- «ILK QADAM» davlat o‘quv dasturini ilg‘or Britaniya tajribasini inobatga olgan holda takomillashtirish.
Janob Torlot, uchrashuv yakunida, A.V. Shinni 2020-yil may oyida Londonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Ta’lim va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha biznes anjumanda ishtirok etishga taklif etdi.
Tomonlar maktabgacha ta’lim sohasida o‘zbek-britan hamkorligini rivojlantirishni davom ettirishga kelishib oldilar.