O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Londonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Direktorlari kengashining maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2020-02-28 | Iqtisodiyot

Londonda bo‘lib o‘tgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Direktorlari kengashining maxsus yig‘ilishida O‘zbekiston tomonidan YTTB Boshqaruvchisi - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov YTTB bilan hamkorlikning dolzarb masalalari va uni kengaytirish takliflari bilan murojaat qildi.

Taqdimot davomida o‘tkazilgan parlament saylovlari munosabati bilan O‘zbekistondagi o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohada tarkibiy islohotlarni amalga oshirish borasidagi yutuqlar, xalqaro moliya institutlari, xususan, YTTB bilan hamkorlikning tahlili yoritildi.

Murojaatda O‘zbekistonning YTTB ni o‘rta muddatli istiqbolda strategik rivojlantirishga oid asosiy masalalari bo‘yicha pozitsiyasi aks ettirildi va shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini ustuvor tarmoqlarda yangi iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar hajmining ko‘paytirish orqali tubdan oshirish zarurati asoslantirib berildi.

Shuningdek, murojaat doirasida 2023-yilda YTTB Boshqaruv kengashining yillik yig‘ilishini Samarqand shahrida o‘tkazish taklifi taqdimot qilindi. Bu taklif Kengash a’zolari va Bank rahbariyatining ijobiy reaktsiyasiga sabab bo‘ldi - bugungi kunda Samarqand barcha mezonlar bo‘yicha ushbu tadbirni o‘tkazish huquqiga asosiy da’vogarlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Savollar va izohlar bo‘yicha keyingi sessiyalar davomida Kengash a’zolari tomonidan O‘zbekistondagi tashabbus va o‘zgarishlarni, shu jumladan ustuvor tarmoqlarni isloh qilish orqali iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini boshlash, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha faol ish olib borish orqali global iqtisodiy makonga integratsiyalashish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlari bildirildi.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan takliflar Bank rahbariyati Prezident S.Chakrabarti tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va Direktorlar kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.

Shuningdek, Xorazm viloyatida davlat ahamiyatidagi umumiy foydalanish avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruktsiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasiga uzoq muddatli moliyalashtirish taqdim qilish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Undan so‘ng Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri YTTB rahbariyati Prezident S. Chakrabarti, Birinchi vitse-prezident J.Rigtering, vitse-prezident A.Pillou, Bosh kotib E.Kvatrochokke, Direktorlar kengashi a’zosi R. Vinzap va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha direktori A.Kusvek bilan qator uchrashuvlar o‘tkazib, hamkorlikning bugungi kundagi holati va yaqin kelajakdagi rejalar batafsil muhokama qilindi.

YTTB shtab-kvartirasida ishlaydigan vatandoshlar bilan alohida uchrashuv bo‘lib o‘tdi - ochiq muloqot shaklida O‘zbekistondagi islohotlar jarayoni, xalqaro moliya institutlari, shu jumladan YTTB bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, davlat tuzilmalari va idoralari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy tizimini takomillashtirishga ko‘mak beruvchi qimmatli zaxira sifatida xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonlik yuqori malakali mutaxassislarga ega bo‘lish muhimligi ta’kidlandi hamda bunday mutaxassislarning tajribasi va bilimlari juda foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan aktual yo‘nalishlar belgilab olindi.

O‘z navbatida, YTTB xodimlari O‘zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar va vositalar to‘g‘risida fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

Uchrashuv yakunida ma’lumot, fikr va takliflar almashish orqali, shu jumladan  vatandoshlarni O‘zbekistonda ishlashga jalb qilish imkoniyatini istisno qilmagan holda, yaqin hamkorlik o‘rnatish borasida kelishuvga erishildi.

Поделиться