O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Milliy turistik onlayn servis «Uzbekistan Pass» dasturi
2020-02-28 | Turizm
Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish oʼrinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni taʼminlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmonida mamlakat turizim salohiyatini yanada oshirish maqsadida qator qulayliklar yaratish ko’zlangan.
Yaratilgan dastur farmonda belgilangan ayrim kamchiliklarni bartaraf qilish, xususan bo’sh joylar mavjud bo’lgan mehmonxonalar va infratuzilma obʼyektlari haqida ma’lumot berib, turizm mavsumida joylar yetishmasligi oldini olish, turli transportlarda yoʼlovchilarni tashish tizimining yetarli darajada muvofiqlashtirish, shuningdek, turistlarni mavjud turizm salohiyati toʼgʼrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash, ichki turizmni, mamlakat hududlaridagi madaniy meros obʼyektlarining va ziyoratning oʼziga xosliklari haqida yetarli ma’lumot berishga xizmat qiladi.
Shuningdek, dastur xorijiy va mahalliy sayyohlarga Oʼzbekiston boʼylab sayohat qilish vaqtida qulay sharoitlar yaratish, shuningdek tovarlar va xizmatlarni xarid qilishda vaqtni tejash uchun moʼljallangan.
Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
• mehmonxonalarni bron qilish;
• kvartira va uylarni ijaraga bron qilish;
• transfer xizmatini buyurtma qilish;
• prokatga avtomobil buyurtma qilish;
• shahar va shaharlararo taksi buyurtma qilish;
• milliy hunarmandchilik buyumlarini xarid qilish;
• gidlar xizmatlariga buyurtma qilish;
• havo va temir yoʼl chiptalarini sotib olish;
• SOS tugmasi yordamida tez yordam chaqirish;
• koʼptilli on-line axborot tizimi;
• yagona elektron diskont tizimi;
• sugʼurta polislarini sotib olish.