O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harakatlar strategiyasi: yangi O‘zbekiston sari yo‘l

2020-02-27 | Jamiyat

Berlinda Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar samarasi va 2020-yilgi rejalar haqida xalqaro jamoatchilik xabardor etilmoqda.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov boshchiligidagi o‘zbek delegatsiyasi a’zolari Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Eduard Kinsbruner bilan uchrashishdi.

Muhokama markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan har yili Oliy Majlisga yo‘llanadigan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va unda ko‘tarilgan dolzarb masalalar bo‘ldi. Shu bilan birga O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari, xususan, mintaqaviy va global savdo-iqtisodiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilish borasida ham fikr almashildi.

Shundan so‘ng, Sharqiy yevropa va xalqaro tadqiqotlar markazida (ZOiS) “Yangi O‘zbekiston sari yo‘l” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asosiy yo‘nalishlari xaqida taqdimot o‘tkazdi.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori E.Tulyakov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi direktorining o‘rinbosari U.Abidxo‘jayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar Instituti markazi rahbari B.Mustafoyevdan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi iqtisodiyot va tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Federal uyushma boshqaruvi raisi Mixael Shumann hamda Fridrix Ebert va Konrad Adenauer nomidagi fond vakillari bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazishdi.

Umuman olganda, suhbat chog‘ida O‘zbekistonda ro‘y berayotgan iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga doir keng ko‘lamli masalalar yuzasidan amaliy fikrlar almashildi.

Поделиться