O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq taʼlimi vazirligi hamda Avstraliya delegatsiyasi oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi
2020-02-27 | Ta’lim
Xalq taʼlimi vazirligida Avstraliya delegatsiyasi bilan oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha muzokara boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Avstraliyaning Savdo va investitsiyalar boʻyicha komissiyasi menejeri Natalya Konovalova boshchiligidagi Monash universiteti, Murdoch universiteti, Sidney va Navitis texnologiya universiteti vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha dunyoning eng yaxshi 1000 ta universiteti qatoriga kiruvchi Avstraliyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalarini muhokama qildi.
Oʻzbekiston tomoni Avstraliyadagi oʻquv yurtlarini qoʻshma trening, seminar, konferensiya, onlayn kurs va tadqiqotlar oʻtkazishga taklif qildi. Xususan, pedagogika universitetlarida tahsil olayotgan oʻqituvchi va talabalar almashinuvini tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi.
Shuningdek, tomonlar oʻqituvchilarga sertifikat berish kabi Avstraliyaning boshqa ilgʻor tajribalarini Oʻzbekistonda qoʻllash masalalarini muhokama qildi.