O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Litva Seymi delegatsiyasi Xalq taʼlimi vazirligiga tashrif buyurdi
2020-02-27 | Ta’lim
27 February 26-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Litva Seymi raisi oʻrinbosari Irena Shyaulene boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv davomida Xalq taʼlimi vaziri yurtimizda xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi.
Jumladan, mamlakatimizda oʻqituvchilarning jamiyatdagi mavqeini oshirish boʻyicha ishlar olib borilayotgani taʼkidlandi. Mehmonlar yurtimizda taʼlim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.
Xalq taʼlimi vazirligi IT-nation, English speaking nation loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, milliy oʻquv dasturini ishlab chiqish ustida ishlayotgani ham taʼkidlab oʻtildi.
Latviya Seymi vakillari Oʻzbekistonda boʻlgani kabi ularda ham taʼlim sohasida oʻxshash muammolar mavjudligini taʼkidladi. Latviya siyosiy partiyalari taʼlim sohasini rivojlantirish uchun birgalikda ishlash niyatida ekanini bildirdi.
Uchrashuv chogʻida tomonlar mavjud muammolarni hal qilish va Oʻzbekiston hamda Litva oʻrtasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildi.