O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining iqtisodiy natijalarini baholash uchun dastur

2020-02-27 | Ekologiya

Dastur tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining iqtisodiy natijalarini baholash uchun moʼljallangan bo’lib, mamlakat siyosatining muhim yoʼnalishlaridan biri sifatida noyob ekotizim va atrof-muhitni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega.

Oʼzbekistonda oxirgi yillarda kuzatilayotgan iqtisodiy oʼsishni inobatga olgan holda mamlakatda tabiatni muhofaza qilish va iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan chora-tadbirlar oʼrtasida muvozanat oʼrnatish masalasi dolzarbdir. Keyingi yillarda mamlakat hukumati ekologiya nuqtai nazaridan zararsiz boʼlgan taraqqiyot yoʼlini tanlab, mamlakat xalqi iqlim oʼzgarishiga moslashishiga, tabiiy ofatlarga tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan keng koʼlamdagi chora-tadbirlarni rejalashtirgan. Qolaversa, cheklangan tabiiy resurslarga boʼlgan ehtiyojning tobora oshib borishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan muammolarni hal qilishi, bunda inson huquqlarini ham himoya qilish, ayniqsa qishloq hududlarida yashovchi aholining inson huquqlarini himoyalash nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Dastur tabiatga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararni oldindan aniqlash va iqtisodiy baholash, shu orqali ekologik tizimni boshqarish imkonini beradi.

Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

• korxonalarda atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlari oʼtkazilmasdan oldingi ekologik-iqtisodiy zararni hisoblash;

• chora-tadbirlar oʼtkazilgandan keyingi ekologik-iqtisodiy zararni hisoblash;

• olingan natijalarni tahlil qilish va taqqoslash;

• koʼrsatkichlar asosida tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini oʼtkazish natijasida erishilgan iqtisodiy foydani baholash.

Dasturdan oliy taʼlim muassasalarida iqtisodiyot va ekologiya taʼlim yoʼnalishlari talabalari uchun amaliy mashgʼulot darslarini samarali tashkil etishda foydalanish mumkin.

Dastur uchun Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining qonuniga ko‘ra DGU 07039 raqamli guvohnoma berildi.

Поделиться