O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘oniston Transport vazirligi rahbari bilan uchrashuv

2020-02-27 | Siyosat

2020-yilning 26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afg‘oniston Islom Respublikasi Transport vaziri vazifasini bajaruvchi Yamo Shams bilan uchrashdi.

Yamo Shams O‘zbekiston rahbariyatiga Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash borasidagi sa’y-harakatlari, mamlakatda tinch siyosiy jarayonni boshlashga yordami, shuningdek, avvalo barcha afg‘on xalqi manfaati uchun turli iqtisodiy loyihalar amalga oshirilayotganligi uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi darajasi va istiqbollari muhokama qilindi.

Yamo Shams O‘zbekistonning Afg‘onistondagi yirik infratuzilma loyihalarida ishtirok etishi muhimligini qayd etar ekan, Afg‘onistonga O‘zbekiston ishlab chiqargan turli mahsulotlar eksportini oshirish, O‘zbekistondan Afg‘onistonga yetkazib beriladigan mahsulotlar turini kengaytirishda mamlakatimizning muhim ahamiyatini ta’kidladi.

Tomonlar Afg‘oniston hududi orqali uchinchi mamlakatlarga o‘tadigan O‘zbekiston tranzit yuklari hajmini oshirish masalasini ham muhokama qildilar.

Havo harakati xizmatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va muvofiqlashtirish tartiblari, shuningdek, xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risida ikki tomonlama hujjatlarni tayyorlashni davom ettirish va tezroq imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Поделиться